AQŞ milliy xavfsizligi bölinmalaridan birining ma'lum qilişiça, IŞID terrorçilik taşkiloti pasport tayyorlaş uçun zarur böladigan maxsus texnikalarga ega bölişi mumkin. Bu haqda ABC xabar bermoqda.
“Rakka va Deyr az Zaurning jangarilar tomonidan qölga olinganiga 17 oy böldi. Ammo IŞID nazorati ostidagi hududlarda yaşovçi suriyaliklar qölida pasportlar paydo bölganki, ular buning yordamida AQŞga kirib kelişlari mumkin”, — deyiladi ma'lumotda.
Ma'lum qilişlariça, Parij teraktlarini sodir etgan terrorçilarning ayrimlarida ham Suriyaning soxta pasportlari bölganligi aniqlangan.






