Özbekiston yaqin bir neça yil içida metanolni qayta işlaş orqali undan benzin oliş hajmini oşirmoqçi. Bu haqda Sputnik "Özkimyosanoat" aksionerlik jamiyatidagi axborot manbasiga asoslanib xabar berdi.
Uning sözlariga köra, mamlakatda 2016 yildan Xitoyning China SAMS Engineering So. kompaniyasi tomonidan olib boriladigan zamonaviy polivinilxlorid kompleksi qurilişi faol bosqiçga çiqadi. Mazkur muassasa tomonidan polivinilxloriddan taşqari, yiliga 300 ming tonna metanol işlab çiqariladi.
“Kompleks 2018 yilda işga tuşiriladi. Biz bunga tayyor turişimiz lozim. Hozirda metanolni boşqa mahsulotga aylantirişning yanada samarali usullarini işlab çiqmoqdamiz. Istiqbolli usullaridan biri metanolni benzinga aylantiriş texnologiyasidir”, - deya qayd etdi agentlik axborot manbasi.
Mazkur yönalişda Yaponiyaning Mitsubishi hamda Daniyaning "Xaldor Topse" kompaniyalari boşçiligida konsorsium taşkil etiş böyiça memorandum imzolandi. Ayni paytda tomonlar “Navoiyazot” bazasida hamkorlikdagi loyihani amalga oşiriş imkoniyatlarini örganib çiqmoqda. Uning umumiy qiymati 100 million dollarga baholanmoqda. Mazkur mablağning 50 millionini xorijlik sarmoyadorlar taqdim etişi lozim.
“Özneftmahsulot" qayta-qayta Özbekistonda benzin taqçilligi mavjud emasligini iddao qilib kelayotganiga qaramasdan, muntazam ravişda poytaxtdagi yoqilği quyiş şoxobçalarida benzin yetişmovçiligi kuzatiladi. Mazkur masala viloyatlarda yanada murakkab bölib, noqonuniy yöllar bilan poytaxtdan benzin taşiş holatlari köplab uçramoqda.






