"Lester" jamoasi yetakçilaridan biri, jazoirlik 24 yoşli futbolçi Riyod Maxrez öz jamoasining APLdagi ğalabali öyinlari va mavsum oxirigaça böladigan imkoniyatlari haqida aytib ötdi.

U "Lester"ning ligadagi iştiroki va imkoniyati töğrisida fikr yuritar ekan, birinçi navbatda ligada jon saqlab qolişni kafolatlaydigan 40 oçkoni yiğib oliş kerakligini ta'kidlagan.

"Birinçi navbatda APLda qoliş masalasini hal qiliş kerak, şundan söng kattaroq yutuqlar haqida öylaş mumkin", deydi futbolçi.

"Men öz öyinimga işonaman. Men nimalarga qodirligimni yaxşi bilaman. Qaçonki gollar urişda davom etar ekansan, özingga bölgan işonç orta boradi va köproq gol uriş uçun intilasan", deydi Maxrez.

Ma'lumot uçun, joriy mavsumda uşbu futbolçi "Lester" safida 14ta öyinda iştirok etib, 10ta gol urdi va 6ta golli uzatma amalga oşirgan holda, liganing eng sermahsul öyinçilaridan biri bölib turibdi.

"Lester" esa 15 turdan 32 oçko jamğargan holda turnir jadvalining eng yuqori örnidan joy olgan. 1 yil oldin quyi ligadan çiqib kelgan jamoa ötgan mavsumda ligada arang jon saqlab qolgandi. Jamoa bu mavsumning birinçi davrasida faqat birgina mağlubiyat qayd etdi, "Arsenal" bu jamoani safarda 5:2 hisobida yenggan. "Lester" birinçi davraning qolgan öyinlarini "Çelsi", "Everton", "Mançester Siti" va "Liverpul" kabi jiddiy raqiblarga qarşi ötkazadi.