Rossiyaning “Silovyye maşiny” kompaniyasi Çorvoq gidroelektr stansiyasining uçinçi gidroagregati modernizatsiyasini yakunladi, deb xabar bermoqda Sputnik naşri muxbiriga “Özbekenergo” AJdagi manba.
Çorvoq GESning 4 ta gidroagregatini modernizatsiya qiliş böyiça şartnoma Rossiya kompaniyasi va “Özbekenergo”ning şö'ba korxonasi – “Örta-Çirçiq GES kaskadi” unitar korxonasi bilan 2011 yilda imzolangandi.
“Bugungi kunda Rossiya kompaniyasi 3-gidroagregatda barça işlarni yakunladi. Yaqin 2-3 kun içida obektni işga tuşiriş va elektr energiya olişni rejalaştirmoqdamiz”, deb aytdi manba.
Manbaning aytişiça, Rossiya yana bitta gidroagregatni mordernizatsiya qilişi kerak. Avvalroq Rossiya kompaniyasi 1- va 2-gidroagregatlardagi uskunalarning bir qismini almaştirib, har bir gidroagregatning quvvatini 15 megavattgaça oşirgandi.
Çorvoq GESini modernizatsiya qiliş loyihasi 56,5 mln dollarga baholanmoqda. Bu loyihaning amalga oşirilişi GESning quvvatini 45 megavattga oşirişga imkon beradi hamda stansiyaning işonçliligini oşiradi va ekspluatatsion körsatkiçlarini yaxşilaydi.
Çorvoq GESining hozirgi kundagi quvvati 620 MVtni taşkil qiladi.






