Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Iroq tomonidan BMTga Turkiya ustidan şikoyat xati bilan murojaat qilinişini "nohalol qadam" deb baholadi.
"Ular BMTga şikoyat qilişlari mumkin emas, ularning bunga haqqi bor lekin bu "erkakça iş" bölmadi", deydi u.
Biroz oldinroq, Iroq ikki kun içida BMTga Turkiya ustidan şikoyat arizasi berişi ma'lum qilingandi.
Iroq tomoni turklarning 900 kişilik armiyasi öz hududiga kirib olganiga norozilik bildirmoqda.
Rasmiy Bağdod bunga qarşi keskin çiqişlar va tahdidlar qilgan.
Lekin Erdöğan Turkiya öz harbiylarini olib çiqmasligini bildirgan.
U hududda öquv maşğulotlari olib borilayotganini ta'kidlagan.
"Turk harbiylarining Iroqdan olib çiqib ketilişi haqida gap bölişi mumkin emas", degan u.






