Peterburgdagi Bosch-Siemens zavodi Turkiyadan butlovçi qismlar kelmayotgani sababli muzlatgiç va kir yuviş maşinalari işlab çiqarişni töxtatdi, deb xabar bermoqda manbalarga iqtibos keltirgan holda RBK naşri.

Ma'lum qilinişiça, butlovçi qismlar ortilgan konteynerlar 23 noyabrdan bojxonada turibdi. Zavod kir yuviş maşinalari işlab çiqarişni dekabr boşidan töxtatdi. 14 dekarbdan muzlatgiçlar işlab çiqarilişi töxtatiladi.

Sankt-Peterburgning sanoat siyosati va innovatsiyalar böyiça qömitasi raisi Maksim Meyksin bu ma'lumotni tasdiqladi.

“Kir yuviş maşinalari işlab çiqaruvçi Bosch-Siemens zavodi 9 dekabrdan töxtatildi, Bugun muzlatgiçlar işlab çiqariş zavodi özining oxirgi smenasini işlamoqda”, deb aytdi Meyksin.

Avvalroq Peterburg avtomobilsozlik sanoati Turkiya bilan boğliq vaziyat tufayli yopiliş xavfi ostida turgani ma'lum qilingandi.

Bu vaziyat Rossiya tomonidan Turkiyaga iqtisodiy taqiqlovlarning kiritilişi bilan boğliq bölmoqda.