2015 yilning uçinçi çoragida Rossiya va Özbekiston örtasidagi pul ötkazmalari hajmi 797 mln dollarni taşkil etdi. Bu esa 2014 yilning uçinçi çoragidagi körsatkiçdan (2,227 mlrd dollar) 2,79 barobarga kam. Bu haqda Rossiya Markaziy banki ma'lumotlarida keltirilgan.

Bank ma'lumotida aytilişiça, uçinçi çorakda Özbekistonga Rossiyadan 725 mln dollar miqdoridagi mablağ jönatilgan. Bu borada ötgan yilning şu davriga nisbatan 2,83 baravar pasayiş qayd etilgan. Öz navbatida bu vaqtda Özbekistondan Rossiyaga 72 mln dollar miqdoridagi mablağ jönatilgan (2014 yilning uçinçi çoragiga nisbatan 2,44 barobar pasayiş).

2015 yilning uçinçi çoragida Rossiyadan Özbekistonga amalga oşirilgan bitta operatsiyada örtaça 482 dollar jönatilgan (1 yil oldingi körsatkiç 648 dollar).

2015 yilning uçinçi çoragida Özbekistondan Rossiyaga amalga oşirilgan bitta operatsiyada örtaça 1572 dollar jönatilgan (2014 yilda 2058 dollar).

2015 yilning 9 oyi davomida Özbekiston va Rossiya örtasidagi umumiy pul aylaniş hajmi 2,195 mlrd dollarni taşkil etib, 2014 yilning 9 oyiga nisbatan 2,3 barobarga kamaygan.

2015 yilning 9 oyi davomida Rossiyadan Özbekistonga jami 1,874 mlrd dollar yuborilgan va 2014 yilning 9 oyiga nisbatan 2,3 barobar pasayiş qayd etilgan.

Eslatib ötamiz, 2015 yilning birinçi yarim yilligida Rossiyadan Özbekistonga pul ötkazmalari hajmi 56 foizga qisqargandi.

Qayd etiş kerakki, Rossiya hududida ayni vaqtda 2 mln nafardan ortiq Özbekiston fuqarosi işlamoqda.