Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Turkmaniston betarafligining 20 yilligiga bağişlangan tadbirlarda iştirok etiş uçun 11-12 dekabr kunlari uşbu mamlakatda böldi.
Prezidentimiz xorijiy davlatlar rahbarlari bilan birga Betaraf Turkmaniston maydoniga taşrif buyurdi. Uşbu mamlakatning betarafligi timsoli bölgan Betaraflik monumenti poyiga gul qöydi.
1995 yil 12 dekabrda Turkmanistonning doimiy betaraflik maqomi tan olingani töğrisida BMT Boş Assambleyasining rezolyutsiyasi qabul qilingan.
Uşbu sananing 20 yilligi munosabati bilan Aşxobodda “Betaraflik siyosati: tinçlik, xavfsizlik va taraqqiyot yölida xalqaro hamkorlik” mavzuida xalqaro konferensiya böldi. Konferentsiyada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq sözladi va jumladan quyidagi fikrlarni bildirdi.
“Turkmanistonning doimiy ijobiy betaraflik maqomiga ega davlat sifatida zamonaviy rivojlaniş davri bevosita Gurbanguli Berdimuhamedov nomi bilan boğliqdir. U Prezident lavozimida faoliyatini boşlagaç, Turkmanistonning betaraflik maqomi sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyidi”, dedi Prezidentimiz.
Gurbanguli Berdimuhamedov 2007 yil BMT minbaridan Turkmanistonning xalqaro hamjamiyat uçun oçiqligi, mamlakatning boşqa davlatlar bilan keng kölamli hamkorlikka tayyor ekanini bayon qilib, betaraflik öz qobiğiga öralib qoliş, xalqaro munosabatlar va hamkorlik aloqalaridan özini tiyiş degan tuşunçalarga çek qöydi. Bu bilan Turkmanistonning yangi taşqi siyosat strategiyasini belgilab berdi.
Ötgan davr mobaynida Turkmaniston Prezidenti xalqaro tinçlik va xavfsizlikni mustahkamlaş, transport-kommunikatsiya, energetika sohalari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş, Orolni qutqariş böyiça hamkorlikka oid dolzarb masalalar yuzasidan köplab amaliy taklif va ğoyalarni ilgari surdi. Aşxobodda BMTning Markaziy Osiyo uçun preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazini taşkil etiş haqidagi taşabbusi şular jumlasidandir.

Gurbanguli Berdimuhamedovning Kaspiy dengizida transport sohasida hamkorlik böyiça bitim işlab çiqiş, BMTning Transportni rivojlantirişga doir mintaqalararo maxsus dasturini qabul qiliş, Turkmanistonda BMT Boş Assambleyasining Transport koridorlari töğrisidagi rezolyutsiyasini amalga oşirişga bağişlangan mintaqaviy simpoziumni ötkaziş haqidagi takliflari alohida e'tiborga loyiqdir, deb ta'kidladi Islom Karimov.
Yirik tranzit-transport salohiyatiga ega Turkmaniston ayni paytda qöşni davlatlar bilan hamkorlikda temir yöl, avtomobil, dengiz va havo yöllari orqali qatnovni öz içiga olgan keng tarmoqli multimodal infratuzilmani şakllantirmoqda. Mamlakatlarimiz transport yöllari mintaqadagi barça davlatlarning Eron, Fors körfazi va Qora dengiz böyida joylaşgan mamlakatlar bandargohlariga, Janubi-şarqiy Osiyo, Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika bozorlariga çiqişini ta'minlaydigan yagona tizimning integratsiyalaşgan böğiniga aylanişi darkor.
Bugungi uçraşuvimiz xalqaro maydonda vaziyat şiddat bilan özgarib borayotgan, geosiyosiy keskinlik va qarama-qarşilik kuçayib, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotgan, jahon bozorlarida kon'yunktura beqaror bölib turgan bir şaroitda ötmoqda...
Turkmanistonning amaliy xalqaro hamkorlik uçun oçiqligini e'lon qilgan betaraflik konsepsiyasi bundan keyin ham mamlakat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlaş, uning milliy manfaatlarini xalqaro miqyosda ilgari surişga xizmat qilişiga işonamiz, dedi pirovardida Islom Karimov.
Gurbanguli Berdimuhamedov Prezidentimiz Islom Karimovga uşbu bayram va xalqaro konferensiyada iştirok etgani uçun minnatdorlik bildirdi. Mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlik barça sohalarda izçil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.






