NASA 2016 yil davomida Oyning Yerdan kuzatilgandagi tebranişlari va fazalarini namoyiş qiluvçi 4K körsatiş qobiliyatidagi video va kompyuter dasturini taqdim qildi. Bu haqda agentlik saytida ma'lum qilindi.
Videoda Oyning, jumladan Yer atrofida elliptik orbita böyiça aylanişi sababli tebranişlarini köriş mumkin. Bu biz Oy sirtining faqatgina 60 foizini körişimiz mumkinligi haqidagi fikrga olib keladi.
Oy Yer atrofida bir soat aylanişi videodagi bir kadrga töğri keladi. Yuqori tasvir sifati evaziga videoda kraterlar va harakatlanayotgan terminator (yoruğlik va soyani ajratuvçi çiziq) yaqqol körinib turibdi.
Kompyuter dasturi Oyning 2016 yilning istalgan sanasidagi körinişini Yerning janubiy yarimşarida bölgan kuzatuvçi sifatida köriş imkonini beradi. Buning uçun dasturdagi mos maydonga kerakli ma'lumotni kiritiş yetarli böladi.
Uşbu innovatsion dastur evaziga Oyning körinuvçi diametrini real vaqtda va Yerdan ungaça bölgan masofani köriş mumkin, olingan yuqori sifatli tasvirlarni esa bevosita saytdan yuklaş mumkin.
NASA bu dasturni 2009 yildan beri orbitada bölgan LRO (Lunar Reconnaissance Orbiter) oy yöldoşi orqali olingan ma'lumotlar yordamida yaratdi. Bu qurilma Oygaça bölgan masofani ölçaşga imkon beruvçi lazerli balandlik ölçagiç va uning sirtidan yuqori sifatli tasvirlar olişga imkon beruvçi kamera bilan jihozlangan.






