“Liverpul” Angliya çempionatining 16-turida öz maydonida “Vest Bromviç” bilan durang natija qayd qildi. Uçraşuv 2:2 hisobida yakunlandi. Mersisaydliklar uçraşuvning 21-daqiqasida Jordan Xenderson goli evaziga hisobda oldinga çiqib olişdi, biroq mehmonlar Kreyg Dousonning goli evaziga 1-bölimning özida hisobni tenglaştirişdi. 2-bölimda Yunas Olsson “Vest Bromviç” uçun 2-töpni urdi, biroq uçraşuvga qöşib berilgan qöşimça vaqtning 6-daqiqasida Divok Origining töpi evaziga liverpulliklar mağlubiyatdan qoçişga muvaffaq bölişdi.
Angliya Premer-ligasi. 16- tur
Liverpul – Vest Bromviç Albion – 2:2
Gollar: Xenderson, 21 (1:0); Douson, 30 (1:1); Olsson, 73 (1:2); Origi, 90+6 (2:2).
Turning yana bir uçraşuvida “Tottenxem” öz maydonida “Nyukasl”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Londonliklar safida töpni Dayyer (39-daq.), mehmonlar safida esa Mitroviç (74-daq.) va Peres (93-daq.) kiritdilar.
Tottenxem Xotspur – Nyukasl Yunayted – 1:2
Gollar: Dayyer, 39 (1:0); Mitroviç, 74 (1:1); Peres, 90+3 (1:2).






