Belgiya federal hukumati terrorçilikka qarşi kuraş çoralarini qattiqlaştiriş maqsadida mamlakat konstitutsiyasiga kiritilişi taklif qilingan özgartişni tasdiqladi. Bu haqda Contact radiostansiyasi xabar bermoqda.

Kiritilayotgan özgartişga köra, jinoyat sodir etişda gumon qilinayotgan şaxslarni vaqtinçalik mahbuslikda saqlaş muddati bugungi 24 soatdan 72 soatga uzaytiriladi.
Bundan taşqari, teraktlarning oldini oliş hamda terrorçilar va ularning yordamçilarini aniqlaş böyiça qabul qilinayotgan 18 çora-tadbirdan iborat paket politsiyaçilarga sutkaning har qanday vaqtida tegişli joylarda tintuv ötkaziş huquqini beradi. Amaldagi qonunçilik bunday tadbirlarning keçki 9dan ertalabki 5gaça ötkazilişini taqiqlar edi. Şu bilan birga, sud ruxsatnomasining taqdim etilişi talabi bekor qilinmadi.

Çoralardan yana biri mamlakat hududidagi masjidlarda salafiylik ğoyalarining tarqatilişiga yöl qöymaslik bilan boğliq. Bundan taşqari, maxsus xizmatlar gumondor şaxslarni kuzatiş hamda ularning qönğiroqlarini etişi borasidagi vakolatlari kengaytirildi; şunga qaramay, bunday tadbirlar uçun ham suddan ruxsatnoma oliş talab saqlab qolindi.

Suriyadan Belgiya qaytib kelgan jihodçilar qamoqqa olinişi belgilandi. Suriyaga ketişga intilayotgan şaxslarga nisbatan elektron kişanlar qöllanilişi ma'qullandi. Nihoyat, politsiya va maxsus xizmatlar byudjyetini kengaytiriş közda tutildi.

Qirollik boş vaziri Şarl Mişel 2016 yili Belgiya hukumati xavfsizlik çoralarini oşiriş tadbirlariga qöşimça tarzda 400 mln yevro ajratişini xabar qildi.