Italiyaning «Milan» klubi boş murabbiyi Sinişa Mixayloviç iste'foga çiqarilişi mumkin. Bu haqda Football Italia naşri xabar tarqatdi.

Manbaning yozişiça, milanliklar prezidenti Silvio Berluskoni serbiyalik mutaxassis oldiga 2015 yilning qolgan ikkita öyinida 6 oçko jamğariş vazifasi qöyilgan. Sönggi ikki turda jamoa «Sampdoriya» va «Frozinone» klublariga qarşi maydonga çiqadi.

Agar Mixayloviç klubni tark etadigan taqdirda uning örniga Luçano Spalletti, Kristian Brokki, Mauro Tassotti, Françesko Gvidolin va Çerzare Prandellidan biri boşqarişi mumkin.

Oldinroq Mixayloviçga 4ta uçraşuvda 12 oçko jamğariş vazifasi qöyilgandi. Biroq «Milan» «Karpi» va «Verona» bilan durang öynadi.