Noma'lum jinoyatçilar AQŞning Kaliforniya ştati janubidagi Haftorn şaharçasida joylaşgan masjidga öyinçoq granata taşlab ketişdi. Şuningdek, bu masjidning taşqi devoriga "Iusis" yozuvi bitib ketilgan.

AVS naşri xabariga köra, masjid hududidan öyinçoq granata topilgaç, masjid içidagilar evakuatsiya qilingan hamda sapyorlar çaqirilgan.

Şuningdek, şahardagi yana bir masjid devorida şunday yozuv aniqlangan.

Ayni vaqtda hodisa tafsilotlari örganilmoqda.

Politsiya bu holatlarda nafrat jinoyatlari alomatlarini qayd etgan.

Bundan oldinroq, Kaliforniyada masjidga öt qöyişda gumon qilingan şaxs qölga olingani haqida xabar berilgandi.

Kalifoniyada istiqomat qiluvçi musulmonlar jurnalistlarga oxirgi vaqtlarda, xususan San-Bernardinodagi ommaviy qotillik voqeasidan keyin tahdid xavfi ostida qolişganini aytişgan.

Eslatib ötamiz, 2 dekabr kuni Palm-Springsdan 120 km masofadagi San-Bernardino şahridagi nogironlarni himoya qiliş markazida şu markaz xodimi Sayd Rizvan Faruq va uning rafiqasi Taşfen Malik otişma sodir etgan hamda 14 kişini öldirib, 21 kişini jarohatlaşgandi.