Xalq deputatlari Çortoq tumani Kengaşining 11 dekabrda bölib ötgan navbatdan taşqari sessiyasida taşkiliy masala körildi.

Unda Çortoq tuman hokimi A.Boyxonov lavozimidan ozod etildi.

"Şu kunga qadar Çust tumani hokimining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat körsatib kelgan Oybekjon Haydarov Çortoq tumani hokimi etib tayinlandi", deb xabar beradi Namangan viloyat hokimligining axborot xizmati.

Hokimlik saytiga yangi hokim haqidagi ma'lumotlar joylaştirilgan.

Bundan avval Namangan viloyatining Pop tumanida ham hokim özgargan edi.

Eslatib ötamiz, 2015 yilning 26 noyabr kuni Namangan viloyat hokimligida xalq deputatlari Namangan viloyati kengaşining 6-sessiyasi bölib ötgan, unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov iştirok etib, viloyatga yangi hokim tayinlagandi.