Sergey Putilov muallifligida «Novyye Izvestiya» internet-naşri saytida çop etilgan «Qora oltin uçun qora kunlar» nomli maqolada neft narxlari pasayişining Rossiya iqtisodiyoti uçun salbiy oqibatlarini körib çiqilgan. Bu maqola "Telegraf.uz" naşriga joylaştirilgan.
Muallifning yozişiça, 7 dekabr kuni neft narxlari 5 foizdan ziyodga, ya'ni qariyb 7 yil davomidagi minimal darajaga pasaydi. Uşbu pasayişga 4 dekabr kuni OPeK a'zo-davlatlarining 2016 yil iyun oyidagi keyingi majlisgaça kvotalar belgilamaslik haqidagi kelişuvi sabab böldi. 7 dekabr kuni ötkazilgan savdolarda neft qiymati bir yöla 2,27 dollarga pasayib, bir barrel uçun 40,73 dollarni taşkil etdi. Bu 2009 yil martidan buyon kuzatilgan eng minimal daraja hisoblanadi. Şunga qarmay, ekspertlarning fikriça, neft hali eng pastki darajaga yetib bormadi. Dunyoda neft ortiqçaligi davri davomiy böladi, çunki Saudiya Arabistoni qazib oliş hajmlarini qisqartirişni istamaydi. Yil boşida esa Erondan sanksiyalar olinganidan söng bozorga yangi neft hajmlari kirib keladi.
Mazkur şaroitda «rossiyaliklar hozirdanoq «qora oltin» narxlari pasayişi ta'sirini his qildilar». Lekin, dekabrning qolgan uç haftasida narxlar 2008 yildagi minimumga tuşişi kutilmoqda (1 barrel uçun 36 dollar) va bu barça kutayotgan pasayiş böladi. Bunday vaziyatda dollar 75 rubldan baland darajada örnaşadi.
Iqtisodiyot uçun yangi devalvatsiya va byudjyet daromadlarining pasayişi yaxşi yangilik emas. Işsizlikning ösişi, YaIM pasayişi, inflyatsiyaning yangi oşişi – keyingi 2016 yilda rossiyaliklarni kutib turgan muammolardir. Vaholanki, rubl ham qadrsizlanişda davom etmoqda. Muataxassislarning fikriça, Rossiya valyutasi ortiqça baholangani bois pastga qarab ketişga davom etadi. Mazkur holatda ekspertlar 2014 yilning qişida bölgani kabi valyuta va iste'mol sarosimasi qaytalanişi mumkin degan fikrda. Biroq, uning kölami ötgan yildagiga nisbatan ança kiçik böladi, çunki rossiyaliklarda xorijiy valyuta yoki qimmatli texnikani sotib oliş uçun şunçaki zaxira qolmadi.






