Saudiya Arabistoni Suriyadagi siyosiy tartibga soliş jarayoni uçun nozir böla olmaydi, çunki u ixtilofdagi guruhlarni qöllab-quvvatlamoqda, deb aytdi Suriyaning xalq murosasi vaziri Ali Haydar Sputnik naşriga.

Haydarning ta'kidlaşiça, Saudiya Arabistoni Suriyadagi tinçlik jarayonini boşqara olmaydi. “Saudiya Arabistoni Suriyadagi siyosiy jarayonni boşqara olmaydi, çunki ixtilofning tomoni hisoblanadi va qurollangan guruhlarni qöllab-quvvatlamoqda”, deb aytdi Haydar telefon orqali.

Ar-Riyodda 10 dekabrda Suriya muxolifati anjumani bölib ötdi, uning natijalariga köra 32 kişidan iborat “oliy kengaş” tuzildi. Bu kengaş keyinroq Suriya hukumati bilan muxolifat nomidan muzokara olib boruvçi 15 kişini tayinlaydi.