2016 yilning 6-8 yanvar kunlari Toşkent şahridagi Inha universitetida “Ajoyib matematika” festivali bölib ötadi. Bu haqda universitetning rasmiy saytida xabar qilindi.
“Matematika fani deganda qiyin misollar, boşqotirma va sonlar köz öngimizda gavdalanadi. Lekin biz uni qanday qilib murakkablikdan köngiloçar matematikaga aylantiriş yölini bilamiz.
Qişki ta'til davrida qiziquvçan va bir oz hafsalasiz farzandlarimiz 6-8 yanvar kunlari “Ajoyib matematika” festivalida iştirok etib, matematika fanining naqadar foydali va ajoyib ekanligiga özlari amin bölişlari mumkin”, deyiladi xabarda.
Mazkur festivalning oçiliş marosimi 6 yanvar kuni soat 13:00 da bölib ötadi.
Festivalda örta maktab öquvçilari, kasb-hunar kollej va litsey talabalari, matematika fani ustozlari va barça qiziquvçilar iştirok etişlari mumkin.
Şuningdek, festivalda Janubiy Koreyaning 20dan ortiq, turli ta'lim muassasalarida matematika fanidan dars beradigan öqituvçi va vakillar iştirok etişadi.
Iştirokçilar ular bilan ingliz tilida suhbat qurib, fikr almaşiş va fan ustida munozara olib boriş imkoniga ega böladi. Festival doirasida öqituvçi va öquvçilar orasida turli tanlovlar uyuştiriladi, ğoliblar esdalik sovğalari va sertifikatlar bilan taqdirlanişadi.
3 kun davomida festivalga 3 mingga yaqin qatnaşçilarning taşrif buyurişi kutilmoqda.






