Xitoy raisi Si Tszinpin kompartiyaning jamiyatdagi rolini mustahkamlaş zarurligiga işonmoqda. Partiya maktablari Kompartiyaga töliq böysunişi tamoyiliga amal qilişi va davlat uçun kommunistik mafkura tamoyillarini tuşunuvçi xodimlarni tayyorlaşi kerak, deb hisoblamoqda Si Tszinpin.
“Örtamiyona jamiyatni quriş va Xitoyning buyuk milliy tiklaniş haqidagi orzusiga kalit – bu öz e'tiqodi, işonçi, intizomi va javobgarlik hissiga mustahkam işonuvçi xodimlardir”, deb aytdi Si Tszinpin Pekinda bölib ötgan partiya maktablari işi böyiça umummilliy yiğilişda,
“Xitoyda köp amaldorlar partiya maktablari kurslarida tahsil olişlari kerak. Partiya maktablari vazifasiga “kaltsiyni töldiriş va suyakni mustahkamlaş” kiradi”, deb kommunistik ğoyalar asosi mustahkam ekanligini nazarda tutib aytdi Si Tszinpin.






