Kolorado ştatining Avrora şahridagi kinoteatrda otişma uyuştirgan hamda 12 kişining umriga zomin bölgan Jyeyms Xolms ruhiy kasalliklar şifoxonasi bilan hamkorlikda işlaydigan Pueblodagi San-Karlos qamoqxonasiga olib ötildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Axloq tuzatiş departamenti matbuot kotibi Adrianna Yakobsonning fikriça, köçiriliş Xolmsning ruhiy jarayoni bilan töğridan-töğri aloqada emas. Uning aniqlik kiritişiça, mahbuslarni tez-tez boşqa qamoqxonalarga olib ötib turişadi.
Sud ekspertizasi erkakdan şizofreniyaning alomatini aniqlagan, şu bois u otişmani ongsiz ravişda amalga oşirgan deb hisoblagan edi.






