Joriy yilning ötgan 11 oyi davomida mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 8601 nafar yolğiz va kam ta'minlangan fuqaroning uy-joyi ta'mirlanib berildi. Bu haqda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vazirligining Kun.uz` saytiga taqdim etgan «Keksalarni e'zozlaş yili» Davlat dasturining 2015 yil yanvar-noyabr oylarida amalga oşirilgan işlar haqidagi hisobotida söz boradi.
«Keksalarni e'zozlaş yili» Davlat dasturi 1941-1945 yillardagi uruş va mehnat fronti faxriylari, şuningdek, yolğiz va ijtimoiy madadga muhtoj keksa kişilarning 2015-2017 yillarda uy-joy şaroitlarini yaxşilaşning hududiy dasturlarini işlab çiqiş va amalga oşiriş belgilangan bölib, unga köra har bir mahallada kamida bir nafar faxriyni (hammasi bölib bir yilda 10 ming kişiga yaqin) qamrab olgan holda 1941-1945 yillardagi uruş qatnaşçilari va nogironlarining,
şuningdek, yolğiz va ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga muhtoj keksalarning kvartiralari va uylarini respublika böyiça haşar yöli bilan joriy ta'mirlaş, zarur hollarda esa mukammal ta'mirlaşni, şuningdek hovlilarni obodonlaştirişni nazarda tutgan holda ularning turar-joy şaroitlarini yaxşilaş dasturini işlab çiqiş belgilangan edi.
2015 yilda rejadagi çora-tadbirlarni amalga oşiriş uçun 1850,0 million söm ajratilişi belgilangan bölsa, amalda 3199,0 million söm sarflanib, rejaga nisbatan 167,1 foizga oşirib bajarildi. Xususan, 2015 yilda “Mahalla” fondi va homiylar tomonidan 3018 nafar muhtoj keksaning uy-joyini ta'mirlaş uçun 1140,0 mln.söm sarflandi.






