Reyter kolumnisti Asad Haşim «Afğoniston tolibonlar bilan töxtab qolgan tinçlik muzokaralarini tiklaş uçun Pokiston kömagiga erişmoqçi» nomli maqolasida yaqinda Islomobod şahrida bölib ötgan AQŞ, Pokiston, Afğoniston va Hindiston yuqori mansabli amaldorlarining uçraşuvi haqida ma'lumot berdi.
Muallifning ta'kidlaşiça, tadbir çoğida Afğoniston taşqi işlar vaziri S.Rabboni Pokistonni tolibonlar bilan tinçlik muzokaralarini tiklaşda kömak körsatişga çaqirib, yaqin haftalar içida mazkur yönalişda ijobiy odimlarni köriş istagini bildirdi. Öz navbatida, Pokiston boş vaziri Navoz Şarif Afğoniston tomoni boşçiligidagi yaraşuv jarayonini ma'qullaşini qayd etdi.
Tadbir doirasida AQŞ davlat kotibining örinbosari E.Blinkenning aytişiça, «tinçlik muzokaralarini tiklaş uçun qat'iy belgilangan jadval yöqligiga qaramay, Afğoniston va Pokiston tomonlari yana odamlarni muzokara stoli atrofiga töplaşga qat'iy qaror qilgan». Mazkur şaroitda Hindiston taşqi işlar vaziri S.Svaraj Pokiston tomoni bilan yuksak darajadagi muloqotning qayta tiklanişi borasida işonç bildirdi. Uning aytişiça, Dehli va Islomobodning «mintaqaviy savdo va hamkorlikni mustahkamlaş masalasida harakat qilişi» vaqti yetdi.
"Şu bilan birgalikda, Hindiston taşqi siyosiy idorasi rahbarining qayd etişiça, Pokiston taşqi işlar vaziri S.Aziz bilan muzokaralar yakunlariga köra, Hindiston va Pokiston örtasida dialogni tiklaş töğrisida qaror qabul qilindi", deyiladi "Telegraf.uz" xabarida.






