Fan insoniyat oldida turgan global muammolarni hal qilişda yordam berişi lozim, deb aytdi BMT boş kotibi Pan Gi Mun Sankt-Peterburgda bölib ötayotgan BMT boş kotibi huzuridagi ilmiy-maslahat kengaşi yiğilişi iştirokçilariga videomurojaatida.

“Sizlardan bilimlar va fanni insoniyat xizmatiga qöyiş borasida tavsiya kutib qolamiz. Biz bilimlarni noçorlikni yöq qiliş, turmuş tarzini oşiriş, farovonlikni ta'minlaş borasida insoniyat xizmatiga qöyişimiz kerak”, deb aytdi Pan Gi Mun.

Yiğilişda insoniyatning barqaror rivojlanişi masalalari muhokama qilindi.

BMT boş kotibi huzuridagi ilmiy-maslahat kengaşi 2013 yilda taşkil etilgan. Kengaş oldida kambağallikni yöq qiliş va barqaror rivojlanişni ta'minlaş böyiça ilmiy asoslangan tavsiyalar va xalqaro hajmajiyat faoliyati dasturlari işlab çiqiş vazifasi qöyilgan.

Kengaş tarkibiga fanning turli sohalarini bildiruvçi turli davlatlardan 26 ta yetakçi olimlar kiritilgan. Kengaşning kotibiyati funksiyasi YuNeSKO zimmasiga yuklangan.