ITI 1990 yildan beri muntazam çop etib kelinadi. ITI davlatlar böyiça kutilayotgan umr uzoqligi, ta'limning örtaça va kutilayotgan davomiyligi, xarid qiliş qobiliyati böyiça aholi jon boşiga AQŞ dollaridagi yalpi içki mahsulotni öz içiga oluvçi murakkab statistik körsatkiç hisoblanadi.

Bu reyting, tuzuvçilarining aytişiça, “mamlakatlar aholisining keng ma'noda haqiqiy boyligini namoyiş qiladi, tor ma'noda iqtisodiy boyligini körsatişga qaratilmagan”.
Uşbu reytingga Norvegiya boşçilik qilmoqda: uning ITIsi 0,944 ni taşkil qilmoqda. Yuqori öntalikdan, şuningdek, Avstraliya (0,935), Şveytsariya (0,930), Daniya (0,923), Niderlandiya (0,922), Germaniya (0,916), Irlandiya (0,916), AQŞ (0,915), Kanada (0,913) va Yangi Zelandiya (0,913) joy olgan.

Reytingda MDH davlatlaridan eng yuqori 50-örinni Belarus (0,798) va Rossiya (0,798) egalladi. Ulardan keyin 56-örinda Qozoğiston (0,788), Gruziya – 76 (0,754), Ozarbayjon – 78 (0,751), Ukraina – 81 (0,747), Armaniston – 85 (0,733), Moldova – 107 (0,693), Turkmaniston – 109 (0,688), Özbekiston – 114 (0,675), Qirğiziston – 120 (0,655), Tojikiston 129-örinni (0,624) egallagan.

Reytingning oxirgi, 180-188-poğonalarini Afrika vakillari egalladi: Mozambik (0,416), Serra-Leone (0,413), Gvineya (0,416), Burkina Faso (0,402), Burundi (0,400), Çad (0,392), Eritreya (0,391), Markaziy Afrika Respublikasi (0,350) va Niger (0,348).