2015 yilning 12-13 dekabr kunlari Jizzax şahridagi «Navrözbuloq» poygagohida avtokross böyiça Özbekiston çempionati final musobaqalari bölib ötdi. Bu haqda Jizzax viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar qildi.

Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma uç yilligi hamda “Keksalarni e'zozlaş yili”ga bağişlab ötkazilgan tadbir Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti, Özbekiston milliy avtomobil federatsiyasi, Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi, Jizzax viloyat hokimligi hamkorligida taşkil etildi. Musobaqada Toşkent, Namangan, Samarqand, Buxoro, Qaşqadaryo va mezbon Jizzax viloyati avtosport ustalari özaro kuç sinaşdilar.

“A-7” rusumli avtomobillar poygasida birinçi va ikkinçi bosqiç natijalariga köra toşkentlik Farhod Daminov birinçi, jizzaxlik Temur Narziqulov ikkinçi, qaşqadaryolik Isroil Açilov uçinçi örinni egalladilar.

“A-8” rusumli avtomobillar baxsida esa jizzaxlik Umid Soatov birinçi, toşkentlik Şoxrux Şokirov ikkinçi va samarqandlik Jamol Zokirov uçinçi örinlarni band etdilar.

“Baggi” rusumidagi avtomobil haydovçilari örtasidagi bahsda jizzaxlik sportçilar Asqar Hasanov, Ğayrat Odilov va Omon Yöldoşevlar mos ravişda 1-,2- va 3-örinlarni egallab tengsiz ekanliklarini namoyiş qildilar.

Milliy “Neksiya” rusumidagi avtomobillar musobaqasida esa Toşkent şahri vakili Igor Gaziyants 34 oçko jamğarib birinçi, Bekzod Odilov 26 oçko bilan ikkinçi va yana bir toşkentlik sportçi Anton Tumanov 19 oçko bilan uçinçi örinlarni band etdilar.
Ikkinçi bosqiçda jizzaxlik sportçilar 371 oçko bilan birinçi, 359 oçko töplagan toşkentliklar ikkinçi va 193 oçko jamğargan namangan viloyati vakillari esa uçinçi örinni egalladilar.

Umumjamoa hisobida yil yakuni bilan Toşkent şahri jamoasi birinçi (793 oçko), Jizzax viloyati sportçilari ikkinçi (780 oçko) va qaşqadaryoliklar uçinçi (320 oçko) örinni egalladilar. Namangan (283 oçko), Buxoro (275 oçko) va Samarqand (244 oçko) sportçilari esa 4-,5-,6-örinlarni band etişdi. Surxondaryo viloyati vakillari esa bu yilgi baxslarda bironta ham oçko işlay olmaganlar.

Bahslar yakunida Özbekiston çempionati iştirokçilariga taşkilotçilar tomonidan esdalik sovğalari topşirildi.

Eslatma: Çempionatning dastlabki bosqiçi 2015 yilning mart oyida taşkil etilgan edi.