Samvel Babayan boşçiligidagi Özbekiston olimpiya terma jamoasi 2016 yilning yanvar oyida bölib ötadigan Osiyo çempionatiga tayyorgarlik doirasida Yaponiya olimpiyaçilari bilan nazorat uçraşuvi ötkazdi.

Dubaydagi yiğinlar doirasida ötkazilgan navbatdagi örtoqlik uçraşuvi durang natija bilan yakun topdi. Öyinda hisob oçilmadi — 0:0

Eslatib ötamiz, Özbekiston olimpiya terma jamoasi 12–30 yanvar kunlari Qatarda bölib ötadigan Osiyo çempionatiga tayyorgarlik körmoqda. Turnirning guruh bosqiçida Özbekistonga Iroq, Janubiy Koreya hamda Yaman olimpiya terma jamoalari raqib böladi.

Nazorat uçraşuvi

Yaponiya U22 – Özbekiston U22 0:0

Özbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibi: Asilbek Omonov (Abdumavlon Abdujalilov, 46), Javlon Mirabdullayev, Maksimilian Fomin, Muhsin Ubaydullayev, Abdulloh Olimov, Otabek Şukurov, Jahongir Abdumöminov (Doniyor Ismoilov, 35), Eldor Şomurodov (Jamşid Boltaboyev, 70), Jalol Maşaripov (Jasur Hakimov, 75), Dostonbek Hamdamov (Abbos Maxstaliyev, 80), Igor Sergeyev (Temur Hakimov, 75).