Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskov Saudiya Arabistoni boşçiligida tuzilgan yangi aksilterror koalitsiya haqidagi fikrlarini bildirib ötdi.
"Biz bu koalitsiya haqida xulosaviy fikr bildirişimiz uçun, tegişli ma'lumotlarni olişimiz, tahlil qilişimiz, bu koalitsiyaning aniq maqsadlarini örganişimiz, uning a'zolari nima maqsadlarni közlaganini aniqlaşimiz, ular qanday yöl bilan terrorçilikka qarşi kuraşmoqçi ekanini bilişimiz kerak böladi. Faraziy fikr sifatida esa, ekstremizmga qarşi kuraşuvçi yana bir kuç taşkil topişi yaxşi yangilik ekanini aytişimiz mumkin. Lekin uni baholaşga hali erta", deydi Peskov.
Saudiya Arabistoni 34 ta davlatdan iborat aksilterrorçilik koalitsiyasi tuzilganini e'lon qildi.
Koalitsiyaga Saudiya Arabistoni, Turkiya, Iordaniya, BAA, Pokiston, Bangladeş, Bahrayn, Benin, Çad, Togo, Tunis, Jibuti, Senegal, Sudan, Serra-Leone, Somali, Gabon, Gvineya, Falastin, Komor Orollari, Qatar, Kot-d'Ivuar, Kuvayt, Livan, Liviya, Mali, Maldiv Respublikasi, Malayziya, Misr, Marokaş, Mavritaniya, Niger, Nigeriya va Yaman kirgan.
Yangi aksilterrorçilik koalitsiyasi xalqaro hamjamiyat bilan birga işlaşi aytilgan.






