Saudiya Arabistoni hukumati terrorçilikka qarşi kuraşuvçi 34 ta musulmon davlatidan iborat alyans yaratilganini e'lon qildi.

Yangi aksilterrorçilik ittifoqi kuçlari Ar-Riyoddan boşqariladi. Ta'kidlanişiça, koalitsiya 72 soat içida tuzilgan.

Koalitsiyaga Saudiya Arabistoni, Iordaniya, BAA, Pokiston, Bangladeş, Bahrayn, Benin, Turkiya, Çad, Togo, Tunis, Jibuti, Senegal, Sudan, Serra-Leone, Somali, Gabon, Gvineya, Falastin, Komor Orollari, Qatar, Kot-d'Ivuar, Kuvayt, Livan, Liviya, Mali, Maldiv Respublikasi, Malayziya, Misr, Marokaş, Mavritaniya, Niger, Nigeriya va Yaman kirgan.

Şu bilan birga mintaqada IŞIDga qarşi AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya, Suriyada esa Rossiya Qurolli kuçlari Suriya, Eron va Iroq Qurolli kuçlari bilan birga harakat qilmoqda.