Tailand qiroli Pxumipon Adulyadet soğligi yomonlaşgani haqidagi miş-mişlar tarqaganidan uzoq tanaffus ötib, yana televideniye orqali köriniş berdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar tarqatmoqda.

Mahalliy televideniyening asosiy telekanalidagi keçki yangiliklar dasturi paytida qirol kiçik syujyetli lavhada köriniş bergan.

Pxumipon duşanba kuni Bangkokdagi şifoxonalardan birida sudyalarning qasamyodini qabul qilgan. Sönggi 6 yil davomida u umrining aksar qismini aynan şifoxonalarda ötkazmoqda.

Eslatib ötamiz, oldinroq, Tailand qirolligi qirolning soğliği bilan boğliq muammolar borligini ma'lum qilgandi. Unga boş miyada suv yiğilişi taşxisi qöyilgan.