Yevropa ligasining 1/16 final bosqiçiga qur'a taşlangaç, Rossiyaning "Lokomotiv" klubi Turkiyaning "Fenerbahçe"ga jamoasiga qarşi bahs olib boradigan böldi.

Rossiya va Turkiya davlatlari örtasida siyosiy vaziyat taranglaşganiga qaramasdan, "Lokomotiv" va "Fenerbahçe" öyinlari belgilangan kunlarda Moskva va Istanbul şaharlarida bölib ötadi. Bu haqda UYeFA matbuot xizmatiga asoslangan holda "R-Sport" naşri xabar qildi.

Xabarda bu öyinlar vaqtida barça xavfsizlik çoralari körilişi ma'lum qilingan.

"Temiryölçilar" dastlab 16 fevral kuni Istanbulda safar öyinini ötkazişadi, 25 fevral kuni Moskvadagi "Çerkizovo" stadionida javob öyini ötkaziladi.

Eslatib ötamiz, 24 noyabr kuni tongda Turkiya—Suriya çegarasida Suriyadagi harbiy operatsiyada iştirok etayotgan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tuşirildi. Turkiyaning ta'kidlaşiça, samolyot mamlakat havo kengliklarini buzib ötgan.
Rossiya tomoni bu davoni tan olmagan.

Şundan söng, ikki davlat örtasidagi munosabatlar yomonlaşdi. Rossiya 2016 yilning 1 yanvaridan Turkiya bilan vizasiz rejim töxtaşini ma'lum qilgan.

Ikki davlat örtasida avialoqalar qat'iy nazorat ostida amalga oşirilmoqda.

Hukumat rossiyaliklarga Turkiyaga taşrif buyurmaslikni tavsiya qilgan.

Rossiyaning barça jamoalari har yili Turkiyada ötkazib kelingan qişki yiğinlarini bekor qilgan.

Rossiyalik mutaxassis: Yevropa Ligasida "Lokomotiv" Turkiya jamoasiga qarşi öynaşi oldi olinişi kerak edi

"Lokomotiv" futbolçisi: Bu bosqiçda Turkiya jamoasi raqib bölişini istamagandim