Rossiya Sport vaziri va Rossiya Futbol ittifoqi prezidenti Vitaliy Mutko Yevropa ligasining 1/16 bosqiçi uçun taşlangan qur'adan keyin Moskvaning "Lokomotiv" va Istanbulning "Fenerbahçe" jamoalari bir-birlariga raqib bölganiga munosabatini bildirib ötdi.

U moskvaliklar jamoasi muxlislariga safar öyini uçun çiptalarni olişni boşlayveriş kerakligini aytgan.

Bundan oldinroq, UYeFA uşbu ikki jamoaning özaro öyinlari betaraf uçinçi maydonga köçirmasligini ma'lum qildi.

"Temiryölçilar" dastlab 16 fevral kuni Istanbulda safar öyinini ötkazişadi, 25 fevral kuni Moskvadagi "Çerkizovo" stadionida javob öyini bölib ötadi.

"Qur'ada "Fenerbahçe" tuşgani yaxşi iş bölmadi. Lekin öyinga çiptalarni olaveriş kerak. Rossiya va Turkiya örtasidagi munosabatlar uzilmagan. Agar bizda tanlov bölganida, Turkiyaga bormaslikni ma'qul körgan bölardik. Ammo qur'a taşlanib, taqvim tuzilib bölindi, unga amal qiliş kerak", degan Mutko.

Eslatib ötamiz, 24 noyabr kuni tongda Turkiya—Suriya çegarasida Suriyadagi harbiy operatsiyada iştirok etayotgan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tuşirildi. Turkiyaning ta'kidlaşiça, samolyot mamlakat havo kengliklarini buzib ötgan.
Rossiya tomoni bu davoni tan olmagan.

Şundan söng, ikki davlat örtasidagi munosabatlar yomonlaşdi. Rossiya 2016 yilning 1 yanvaridan Turkiya bilan vizasiz rejim töxtaşini ma'lum qilgan.

Ikki davlat örtasida avialoqalar qat'iy nazorat ostida amalga oşirilmoqda.

Hukumat rossiyaliklarga Turkiyaga taşrif buyurmaslikni tavsiya qilgan.

Rossiyaning barça jamoalari har yili Turkiyada ötkazib kelingan qişki yiğinlarini bekor qilgan.

Rossiyalik mutaxassis: Yevropa Ligasida "Lokomotiv" Turkiya jamoasiga qarşi öynaşi oldi olinişi kerak edi

"Lokomotiv" futbolçisi: Bu bosqiçda Turkiya jamoasi raqib bölişini istamagandim

UYeFA "Lokomotiv" va "Fenerbahçe" öyinlari betaraf maydonga köçirilmasligini ma'lum qildi