“Öztemiryölyölovçi” AJ axborot xizmatining xabariga köra, Toşkent—Samarqand—Qarşi yönalişida qatnovçi 762/761-raqamli «Afrosiyob» tezyurar poyezdiga texnik xizmat körsatilişi munosabati bilan 16-17-18 dekabr kunlarida bu yönalişdagi 3ta reys yuqori qulaylikdagi vagonlarda amalga oşiriladi. Şu tufayli 762/761-raqamli poyezdning jadvali özgaradi.

Eslatib ötamiz, şu yilning 5 sentabridan boşlab Toşkent—Samarqand yönalişidagi 760/759-raqamli «Afrosiyob» tezyurar poyezdining qatnov yöli yölovçilarni taşiş uçun Qarşi stansiyasigaça uzaytirilgandi. Şundan beri har kuni poyezd soat 07:00da Toşkentdan yölga çiqib, 500 kilometrdan ortiq masofani 3 soatu 10 daqiqa davomida bosib ötgan holda Qarşi şahriga kirib bormoqda.