Perudagi antimonopol regulyatori şaxsiy gigiyena vositalari işlab çiqariş bilan şuğullanadigan Kimberly-Clark kompaniyasini sohadagi raqobatçilari bilan kelişgan holda narxlarni oşirgani uçun ayblab, kompaniyaga sanksiyalar qöllaşni rejalaştirmoqda.

Manbaning yozişiça, kompaniya hojatxona qoğozlari narxini oşiriş uçun Çilidagi CMPC kompaniyasi bilan kelişuv tuzgan. Ikki kompaniya örtasida maxfiy uçraşuvlar va telefon muloqotlari ötkazilgani aytilmoqda.

Ma'lum qilinişiça, kompaniyalar kelişgan holda 2005 yildan 2014 yilgaça Peruda hojatxona qoğozlari narxini kamida 20 foizgaça oşirişgan.

Antimonopol kompaniyaning bildirişiça, bunday maxfiy kelişuvlar haqida CMPC vakili ma'lumot bergan. Endilikda Kimberly-Clark kompaniyasining Perudagi daromadlaridan 12 foizi jarima sifatida olib qolinişi mumkin.

Kimberly-Clark va CMPC kompaniyalari Peruda şaxsiy gigiyena vositalari bozorining 88 foizlik qismiga egalik qiladi.

Kimberly-Clark kompaniyasi vakili hukumat bilan hamkorlik qilinişida davom etilişini ma'lum qilgan va boşqa savollarga javob bermagan.