Özbekiston prezidentining 2015 yil 4 martdagi «2015-2019 yillarda işlab çiqarişni tarkibiy özgartiriş, modernizatsiya va diversifikatsiya qilişni ta'minlaş çora-tadbirlari dasturi töğrisida»gi farmoniga muvofiq, energetika sohasida umumiy qiymati 8,9 milliard dollarlik 33 investitsiyaviy loyiha amalga oşirilişi rejalaştirilmoqda. “Özbekenergo” aksiyadorlik jamiyatiga çet el investitsiyalarini jalb etiş va özlaştirişga bağişlangan matbuot anjumanida ma'lum qilingan.

Uşbu loyihalar işlab çiqarişga zamonaviy, yuqori samarali texnologiyalarni joriy etiş hisobidan havoga zararli gazlar çiqişini qisqartiriş, şuningdek, mamlakatimiz energetika balansida qayta tiklanadigan energiya manbalari uluşini oşirişga qaratilgan. Bu loyiha doirasigi işlar 2022 yilning oxirigaça tugallanişi közda tutilgan.

Ayni paytda «Özbekenergo» aksiyadorlik jamiyati tomonidan mavjud elektr stansiyalari keng kölamli modernizatsiya va rekonstruksiya qilinmoqda, yangi elektr tarmoqlari va nimstansiyalar qurilmoqda, energetika obektlarining işlab çiqariş quvvati kuçaytirilmoqda. Çunonçi, Navoiy, Sirdaryo va Toşkent issiqlik elektr markazlarida zamonaviy texnologik qurilmalarning joriy etilişi samarasida mamlakatimiz energiya tizimining belgilangan quvvati 555 megavattga oşdi. Yillik gaz tejaş körsatkiçi esa 455 million kub metrni taşkil qilmoqda. Bundan taşqari, ayni paytda Tallimarjon, Toşkent, Taxiatoş, Navoiy issiqlik elektr markazlarida umumiy quvvati 1970 megavatt bölgan buğ-gaz qurilmalari qurilmoqda. Yuqori darajali texnik-iqtisodiy körsatkiçlarga ega uşbu zamonaviy buğ-gaz qurilmalari yiliga 360 million kub metr yoqilği tejaş imkonini beradi.

Ötkazilgan tadbirda energetika balansini bosqiçma-bosqiç diversifikatsiya qiliş maqsadida qayta tiklanadigan energiya manbalarini yanada joriy etiş istiqbollari körib çiqildi. Jumladan, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida yangi quyoş fotoelektrik stansiyalari qurilmoqda. Bundan taşqari, «Özbekenergo» aksiyadorlik jamiyati energetika resurslaridan oqilona foydalaniş va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantiriş maqsadida 2020 yilga qadar mavjud 15 gidroelektr stansiyasini modernizatsiya va rekonstruksiya qilişni rejalaştirmoqda. Buning samarasida ularning umumiy quvvati 200 megavattga oşadi.