Samsung kompaniyasi AQŞning oliy sudiga Apple foydasiga çiqarilgan hukm ustidan da'vo arizasi topşirdi. 2012 yilda çiqarilgan uşbu hukmga köra Apple işlab çiqaradigan iPhone dizayniga patentning buzilişi yuzasidan Samsunğga 548,2 mln dollarlik jarima solingan.
Samsung uşbu qiymatdan 399 mln dollari böyiça bahslaşmoqda. Kompaniya huquqşunoslarining fikriça, patent bilan himoyalangan smartfonning oldi paneli şakli, yumaloqlangan burçakli ramkasi va interfeys belgilarining joylaşişiga innovatsiyalarning qiymati 399 mln dollarlik tavon puliga mos kelmaydi.
“Yumaloqlangan burçak şaklli patentlangan dizayn özida köplab yeçimni mujassamlantirgan smartfonning alohida jihati böla olmaydi”, deb şikoyat qilmoqda kompaniya vakillari sudga.
Avvalroq Samsung kompaniyasi iPhone’dan nusxa köçirgani uçun 548 mln dollar tölaşga rozi bölgani ma'lum qilingandi.






