Braziliya uyali aloqa operatorlari 16 dekabrda 48 soatga WhatsApp dasturiga kirişni tösib qöyiş haqida sud körsatmasini oldilar. “Folya di San-Paulu” gazetasining ma'lum qilişiça, qaror mahalliy vaqt bilan 17 dekabr soat 00:00 dan bajarilişi kerak.

Buning sabablari rasman aytilmagan. Biroq Braziliya OAVlari ma'lumotlariga köra, sud qarori mobil dastur egalarining Braziliya huquq-tartibot muassasalari bilan bir jinoiy işni tergov qilişda hamkorlik qilişdan boş tortganlari sababli çiqarilgan.

Fevralda ham şunday voqea Piaui ştatida yuz bergandi, öşanda mahalliy sud hakamlaridan biri WhatsApp’ni butun Braziliya böyiça tösib qöyiş hukmini çiqargandi. Öşanda bu qaror dastur egalariga bosim ötkaziş va ulardan baloğatga yetmaganlarga tajovuz qiliş böyiça gumon qilinayotganlar haqida şaxsiy ma'lumotlarni taqdim qilişga erişiş maqsadida qabul qilingan. Uşbu qaror Braziliya telekommunikatsion kompaniyalari şikoyatidan keyin bekor qilingandi.