15 dekabr kunidan boşlab Toşkent şahridagi Mustaqillik maydonida yangi yil arçasi va savdo rastalarini barpo etiş işlari boşlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Madaniyat va sport işlari vazirligi matbuot xizmati ma'lumotlariga asoslanib, UZ24 naşri xabar berdi.

Bu yilgi arçaning balandligi 22 metr bölişi, unga 10 mingdan ortiq öyinçoqlar ilinişi aytilgan. Bu maqsadda kran va mutaxassilar işlamoqda.

Maydondagi savdo rastalari, şuningdek, mehmonlar uçun yaratilayotgan şaroit va qulayliklar, atraktsion va tomoşalar haqida hozirça aniq ma'lumotlar berilmagan.

Arçaning tayyor bölişi kuni aniq emas. Mustaqillik maydonidagi yangi yil arçasi bayram tadbirlari joriy yilning 28 dekabridan 2016 yilning 8 yanvariga qadar davom etadi.

Yangi yil tadbirlariga Madaniyat vazirligi xodimlari "Özbeknavo" estrada birlaşmasi, "Özbekteatr" jamoasi hamda Toşkent şahri hokimligi bilan birgalikda tayyorlanmoqda.

ÖzDJTU talabasi Gulnoza Qosimova tayyorladi.