AQŞ Yaponiya bilan uşbu mamlakatdagi öz harbiy kontingentining 2016-2020 yillarda moliyalaştirilişi borasida kelişuvga erişdi. AQŞ Davlat departamenti matbuot kotibi Jon Kirbi bergan bayonotga köra, keyingi beş yil mobaynida Yaponiya hukumati bu maqsadlarga har yili örtaça 1.6 mlrd dollardan ajratib boradi.
Yaponiya ğaznasi mablağlari AQŞ harbiy bazasini ta'minlaşga, kommunal xizmatlar uçun tölovlar va mahalliy işçilar maoşlariga sarflanadi, deb tuşuntirdi amerikalik diplomat.
Uning sözlariga köra, “xöjayin davlatning moliyaviy kömagi Yaponiyada AQŞ harbiy bazasini saqlab qolişga yordam beradi”, bu baza esa, öz navbatida, “xavfsizlik kafolatidir” hamda AQŞning “Osiyo va Tinç okeani mintaqasiga köproq e'tibor qaratiş böyiça rejalariga muvofiq keladi”.






