Bugun, 17 dekabr kuni, Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalistlarni ön birinçi marta katta matbuot anjumaniga töplab, ularga ön birinçi marta “yil hisoboti”ni öqib eşittiradi. Xalqaro savdo markazida ötadigan anjumanning vaqti çeklanmagan, deb xabar beradi TASS agentligi.
Uşbu tadbir uçun akkreditatsiyadan ötgan jurnalistlar soni yangi rekord böldi: OAVning jami 1392 vakili unda iştirok etadi. Putinning 2001 yildagi birinçi matbuot anjumanida 500 jurnalist iştirok etgan edi. Keyingi yillar körsatkiçlari quyidagiçadir: 2002-2003 – 700dan ortiq, 2004 – 750ga yaqin, 2007 – 1132, 2008 – 1364, 2013 – 1327, 2014 – 1259.
Şu bilan birga, Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bir qança odam akkreditatsiyadan öta olmaganini tan oldi.
“1392 kişi akkreditatsiyadan ötkazildi, bir neçta jurnalistlar darhaqiqat akkreditatsiyadan öta olmadi, ammo barça naşrlar akkreditatsiya qilindi”, - dedi u.






