Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakaşvili özining Facebook’dagi sahifasida Ukraina içki işlar vaziri Arsen Avakov tomonidan çop etilgan u bilan Avakov örtasidagi janjal tasvirlangan videoga izoh berdi. Janjal paytida Avakov Saakaşviliga stakandagi suvni sepib yuborgan.

“Boş vazirni öğri deb aytişga majbur bölganimdan afsusdaman, biroq bu haqiqat ekanligidan yana ham köproq afsusdaman. Men boş vazir va içki işlar vaziriga nisbatan “öğrilar” sözini işlatdim va bu sözimni inkor etmayman”, deb yozdi Saakaşvili.

Avakov bu videoni 16 dekabrda özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida çop etdi. Avakov va Saakaşvili örtasidagi töqnaşuv 14 dekabrda islohotlar milliy kengaşi yiğilişi paytida yuz berdi. Avakovning aytişiça, u Saakaşvili tomonidan unga korrupsiya böyiça qöyilgan ayblovlarga çidab tura olmagan va uning yuziga suv sepib yuborgan. Avakov janjal paytida qöpol sözlar işlatgan va bu işi uçun Ukraina prezidentidan tanbeh olgan. Poroşenko undan bunday sözlarni işlatmaslikni söragan.

15 dekabrda Ukraina prezidentining matbuot kotibi Svyatoslav Tsegolko Saakaşvili va Avakov örtasidagi janjal “mamlakatga isnod kelitirişini” aytgan.