“Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati Toşkent irrigatsiya va melioratsiya instituti boşlanğiç taşkiloti tomonidan 2015 yilning 10-15 dekabr kunlari 575 nafar delegatlar iştirokida ötkazilgan hisobot-saylov yiğilişlarida “Gidromelioratsiya” fakultetiga Şaxzod Normurodov, “Suv xöjaligini avtomatlaştiriş va mexanizatsiyalaş” fakultetiga Sarvinoz Xolova, “Suv xöjaligida menejment” fakultetiga Mahliyo Abduraxmonova, “Yerdan foydalaniş va yer kadastri” fakultetiga Dilmurod Pirnazov, “Gidrotexnika inşoatlarini quriş va ulardan foydalaniş” fakultetiga Şerali Ibaşev muqobillik asosida ötkazilgan saylovlarda fakultet sardorlari etib saylanişdi.

Ularga harakatning 2015-2016 öquv yilida amalga oşiriladigan işlar kölamini oşiriş, yoşlar orasida turli xil zid ğoyalarga qarşi ma'naviy imunitetni şakllantiriş, yoşlar qalbiga vatan, burç va sadoqat hislarini singdiriş, teran fikrlaydigan, aqlan yetuklik, jismonan soğlom, öz ortidan munosib ravişda şu fakultet, şu ta'lim muassasasi hamda şu yurt taqdiri degan ulkan maqsadlar sari yetaklay oladigan yetakçi bölib xizmat qiliş vazifasi topşirildi.

Saylovlarda "tengdoş tengdoşga" tamoyili asosida yoşlar öz yetakçiligiga loyiq deb bilgan nomzodga ovoz berişdi va qöşimça savol va takliflarni bildirib ötişdi.