Bugun, 17 dekabr kuni Toşkent markazida, Alişer Navoiy va Amir Temur köçalari kesişgan çorrahada Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobusida yonğin kelib çiqdi. Bu haqda Feysbukdagi “Voditeli Taşkenta” guruhi a'zolari ma'lum qilişdi.
E'lon qilingan foto va video lavhalarga qoldirilgan izohlardan köriş mumkinki, yonğin 7:30—7:45 atrofida yuzaga kelgan. Tarmoq foydalanuvçilari hodisa joyiga öt öçiriş xizmati vakillari 10 daqiqa içida yetib kelib, olovni zudlik bilan bartaraf etganini ma'lum qilişdi.
Bu paytda Alişer Navoiy köçasida avtomobillar harakat davom etgan.
Mazkur hodisa sönggi 3 yil içida 13- marotaba sodir bölmoqda. Bundan avval esa Toşkent şahrida 2013 yilning mart va iyun oylari, 2014 yilning 5 may, 24 iyun, 14 iyul, 1 dekabr, 15 dekabr kunlari, 2015 yilning 18 mart, 30 aprel, 15 may, 29 may, 20 iyul kunlari Mercedes-Benz avtobuslari yonib ketgan edi.






