Rossiya Iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukayev turk pudratçi kompaniyalari futbol böyiça Rossiyada ötkaziladigan jahon çempionati stadionlari qurilişidagi işlarini davom ettirişini ma'lum qildi.

“Turk kompaniyalari 2018 yildagi futbol böyiça jahon çempionati stadionlarini qurişadi va tuzilgan barça qolgan şartnomalar ham amalga oşiriladi”, - deya Ulyukayev sözlaridan iqtibos keltirmoqda “R-sport”.

Rossiya va Turkiya örtasidagi munosabatlar 24 noyabr kuni Suriya-Turkiya çegarasi yaqinida Rossiyaning Su-24 harbiy samolyoti turk harbiy havo kuçlari tomonidan urib tuşirilgandan söng keskinlaşgan edi.