AQŞ Rossiyaning Suriyada IŞIDga qarşi kuraş olib borayotganini qöllab-quvvatlaşi mumkin, ammo buning uçun Moskva u yerdagi strategiyasini özgartirişi lozim. Bu haqda doimiy brifing çoğida Oq uy matbuot kotibi Joş Ernest jurnalistlarga ma'lum qildi.

Uning sözlariga qaraganda, Vaşington Suriyada siyosiy ötiş davrini boşlaşni yoqlab çiqmoqda. Rossiya öz faoliyatini, asosan, prezident Asadni qöllab-quvvatlaşga qaratayotgani esa bunga tösqinlik qilmoqda.

“Rossiyaning harbiy harakatlari IŞID jangarilari emas, Asad rejimiga qarşi kuraşayotgan odamlar töplangan hududlarga töğri kelmoqda. Bu AQŞning ham, koalitsiyaning qolgan 65 davlatining ham siyosatiga, qaraşlari va ustuvor maqsadlariga muvofiq kelmaydi”, - ta'kidladi mansabdor.