London sudi huquqşunoslik tarixiga kirişi mumkin bölgan qaror çiqardi. Sud hakami 18 yoşli qizning nomusiga tekkan Saudiya arabistonilik 46 yoşli millionerni “u qoqilib, qizning ustiga tuşganda, bexosdan u bilan aloqaga kirganini” aytişi bilan qanoatlanib, uni oqladi. Bu haqda The Telegraph naşri ma'lum qildi.

Martin Griffits ismli hakam 30 daqiqalik muhokamadan keyin ayblanuvçining böynidan barça ayblovlarni bekor qildi. Ayblanayotgan arabistonlik tadbirkor Ehson Abdulaziz u “nimjon” bölgani va qizning ustiga yiqilib tuşganini aytgan. “Men bilan qiz örtasida heç narsa bölmadi”, deb özini oqladi ayblanuvçi. Tadbirkor DNKsining qiz organizmida aniqlanganini ham u bexosdan yiqilgani bilan tuşuntirgan.

Tadbirkorga ayblovlar ötgan yili qöyilgan. Iş materiallariga köra, 2014 yil avgustda ayblanuvçi Londondagi kvartirasida jabrlanuvçi qiz divanda uxlayotganda uning nomusiga tekkan.

Qizning aytişiça, u voqea yuz bergan keça ayblanuvçi bilan tungi klubda tanişgan. Qiz 24 yoşli dugonasi bilan birga bölgan. Tanişuvdan keyin millioner qizlarga uning uyiga borişni taklif qilgan. Qizlar rozi bölgan.

Jabrlanuvçining aytişiça, ular spirtli içimlik içişgan, şundan keyin Abdulaziz uning dugonasi bilan yotoqqa kirib ketgan. Qiz ertalab turib ayblanuvçi uning nomusiga tekkani aniqlagan.

Millionerning aytişiça, u qizga sovuq yemasligi uçun futbolka va uyigaça taksi çaqirtirişni taklif qilgan. Uning aytişiça, qizning özi uni yoniga tortgan.