Fransiya moliya vaziri Mişel Sapen Xalqaro fransuz radiosiga bergan intervyusida IŞIDning neft savdosi hisobiga moliyalaştirilişiga çek qöyiş zarurligini aytdi.

Uning aytişiça, jangarilar nazorat qilayotgan neft obektlariga zarba beriş IŞID moliyalaştirilişini tugatişning eng samarali usuli hisoblanadi.

Sapenning fikriça, IŞID kabi yirik terrorçilik guruhi bilan bir qatorda kiçkina guruhlarga ham mablağlar kelişiga qarşi kuraşiş lozim.

Vazirning ta'kidlaşiça, bunday trafikning mavjudligining özi çoralar qabul qiliş majburiyatini qöyadi.

Avvalroq AQŞ moliya vazirining terrorçilikka qarşi kuraş va moliyaviy razvedka böyiça örinbosari Adam Şubin Turkiya va Suriya IŞIDdan neft sotib olayotganini aytgandi.