Fransiya prezidenti Fransua Olland, kanadalik xonanda Jastin Biber va Britaniya şahzodasi Harri 2015 yilning eng şinam kiyinadigan odamlari röyxatiga kirişdi. Reyting Financial Times gazetasida çop etildi.

Röyxatga siyosiy arboblar, qöşiqçilar, aktyorlar va boşqalar kiritilgan. Ularga ma'lum örinlar taqsimlab berilmagan.

Yilning eng şinam kiyinadigan kişilari röyxatiga, yuqoridagilardan taşqari, aktrisalar Siyenna Miller, Jyennifer Lourens, Dakota Jonson, Julianna Mur va Lea Seydu, rejissyor Jyey Jyey Abrams va aktyor Kolin Farrell, modelerlar Lineyzi Montero, Kendall Jyenner, şuningdek, Hillari Klinton, Buyuk Britaniya moliya vaziri Jorj Osborn va Kanada boş vaziri Jastin Tryudo kiritildi.

Futbol olami namoyandalaridan röyxatga murabbiy Kike Sançes Flores kirdi; yozuvçilardan Marlon Jyeyms, One Direction guruhi iştirokçisi Harri Stayls, xonanda Vanessa Paradi va aktyor Jonni Depplarning qizi Lili-Rouz Depp, şoira Patti Smitlar kirdi.

Reytingda öylab topilgan personajlar ham bor. Bular sirasida “dunyoda birinçi raqamli erkak modeler” Derek Zulander va uning raqibi Xensel (Bena Stiller va Ouen Uilsonlar ijrosida).