Zaltsburg universiteti allaqaçon ötib ketgan avstriyalik zoolog, Nobel mukofoti sovrindori Konrad Lorentsni faxriy doktorlik darajasidan judo qildi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Bunday qaror millatçi-sotsialistlarni foş qiliş böyiça 2014 yili boşlangan tekşiruv işlari yakunlariga köra qabul qilindi.
Lorents 1938 yili Germaniya millatçi-sotsial işçi partiyasi safiga qöşilgan. Öz bayonotida u har doim millatçi-sotsialist bölganini e'tirof etgan.
“Mening butun ilmiy faoliyatim, filogenetik, irqiy va ijtimoiy-psixologik masalalarni ham qöşib hisoblaganda, millatçi-sotsialistik fikr xizmatida bölgan”, - uning sözlarini keltiradi Kurier naşri.
Bu faktlar Lorentsga faxriy ilmiy daraja berilişida berkitilgan, şu bois Zaltsburg universiteti rahbariyati uni faxriy doktorlikka nomunosib deb topdi.
Bir yil muqaddam boşqa bir avstriyalik zoolog va ornitolog Eduard Paul Trats ham doktorlikdan judo qilingan edi.
Millatçi-sotsialistlarni foş qiliş işi 2016 yili yakunlanişi kutilmoqda.






