Nyu-York ştati parlamenti milliarder Donald Tramp ismi bilan ataladigan boğ nomini özgartirmoqçi. Bunday çora uning saylovoldi poygasida köplab çiqişlaridan birida ksenofob ruhdagi bayonotlarga yöl qöyib, musulmonlarni mamlakatga kiritmaslikni taklif qilişi bilan boğliq.
Senator Deniyel Skuadron va Nyu-York qonunçilik assambleyasi a'zosi Çarlz Lavinlar bergan ma'lumotga qaraganda, Tramp “uning nomi bilan boğ atalişiga munosib emas”. Ular qonun loyihasini tez orada tayyorlab, ştat parlamenti muhokamasiga kiritmoqçi.
Donald Tramp nomidagi boğ hududi 1.76 kv km hududni egallab, u Uestçester okrugida joylaşgan. Milliarder 90-yillarda uni 2 mln dollarga xarid qilgan, ammo ştat ma'muriyatidan u yerda golf maydoni yaratişga ruxsat ololmagan. 2006 yili u boğni Nyu-Yorkka sovğa qilgan, bunda uning narxini 100 mln dollarga baholagan.
Bu tortiq unga soliqlarni yengillaştiriş borasida ulkan imtiyozlar berilişiga omil bölgan. 2010 yili boğ mablağ yetişmovçiligi tufayli yopib qöyilgan.
Eslatib ötamiz, xurmaça qiliqlari bilan maşhur bölgan Donald Tramp oxirgi bayonotlaridan birida, agarda prezidentlik mansabiga çiqsa, musulmonlarning mamlakat hududiga kirişini taqiqlaşini ma'lum qildi. Uning bu sözlari köpçilik ijtimoiy ahamiyatga molik şaxslar va taşkilotlar tomonidan keskin tanqid ostiga olindi.






