Bugun, 17 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalistlarni ön birinçi marta katta matbuot anjumaniga töplab, ularga ön birinçi marta “yil hisoboti”ni öqib eşittirdi.
U öz nutqida AQŞ prezidentligi uçun saylovda iştirok etadigan nomzodlardan biri Donald Trampni saylovda ğalaba qiliş uçun asosiy nomzod sifatida hisoblaşini aytib ötdi.
U bunga şubha qilmasligini ta'kidlagan.
"U juda yorqin şaxs va uning yetakçi siyosatçi sifatidagi xislatlarini e'tirof etmoq kerak. Uning xislatlarini baholaş bizning işimiz emas, lekin u prezidentlik poygasida ğolib böliş uçun asosiy nomzoddir", deydi Putin.
"U nima işni qanday qilmoqçiligini oldindan aniq aytadi. Qolaversa, u Rossiya bilan döstlaşmoqçiligini bildirgan va biz bunday taklifni qutlab qarşi olamiz", deya qöşimça qilgan Putin.
"Uning ba'zi nostandart çiqişlari amerikaliklar orasidagi maşhurligini oşirişga qaratilgan. Bu esa uning öz işi. Bizning işimiz unga baho beriş", degan Rossiya prezidenti.
2016 yilning kuzida bölib ötadigan saylovda respublikaçilar partiyasidan milliarder Donald Trampdan taşqari texaslik senator Ted Kruz, sobiq neyroxirurg Ben Karson, Florida ştati vakili bölgan senator Mark Rubio, Floridaning sobiq gubernatori Jyeb Buş, Ogayo ştati gubernatori Jon Keysik, Hewlett-Packard kompaniyasi sobiq rahbari Karli Fiorina, Nyu-Jyersi ştati gubernatori Kris Kristi, Kentukki ştatidan bölgan senator Rend Pol, Nyu-York ştati sobiq gubernatori Jorj Pataki, Pensilvaniya ştati sobiq senatori Rik Santorum, Janubiy Karolina ştati senatori Lindsi Grem va Arkanzas ştati sobiq gubernatori Mayk Xakabi kabi siyosatçilar nomzod hisoblanişadi.
Respublikaçilar saylovning oxirgi bosqiçi uçun asosiy nomzodni 2016 yilning 18-21 iyul kunlarida Klivlendda ötkaziladigan partiya yiğilişi sönggida körsatişadi.
Hozirda respublikaçilar orasida Tramp katta ustunlikka erişmoqda (41 foiz). Ikkinçi va uçinçi örinlarda Ted Kruz (14 foiz) va Mark Rubio (10 foiz) qayd etilişgan.
Demokratlar tomonidan esa asosiy nomzod Hillari Klinton hisoblanadi. Demokratlarning asosiy nomzodi rasman 2016 yilning 25-28 iyul kunlarida Filadelfiya şahrida ötkaziladigan partiya yiğilişidan keyin e'lon qilinadi.






