Xalqaro soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotlariga qaraganda, Qirğiziston aholisida vitaminlar yetişmovçiligi kuzatiladi, lekin, şunga qaramay, qirğizistonliklar meva va sabzavotlarni köproq iste'mol qiliş örniga ularni çiritib ötiradi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Temir Sariyev 18 dekabr kuni ötgan davra suhbatida aytib ötdi.
Tadbir yoş bolalarning hayotini saqlab qoliş borasidagi yutuqlar muhokamasiga bağişlangan edi.Misol tariqasida Sariyev loviyani esga oldi.
“Göşt bilan qiyoslaganda loviya 10 barobar arzonroq, ammo öşa oziq xususiyatlariga ega, lekin biz undan foydalanmaymiz. Yoşlikdan köproq loviya yeyiş könikmasini hosil qiliş, uni milliy taomlarimizga moslaştiriş lozim”, - deb uning sözlarini keltiradi AKIpress.






